Bugun yoshlar "Olmaliq", asosiy tarkib "Lokomotiv" BFK bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi
Narzulla Saydullayev
18 apr 2014, 11:38
Oliy Ligada yuzaga kelgan qisqa tanaffusda o'yin amaliyotini bir maromda ushlab turish maqsadida bugun "Lokomotiv" asosiy tarkib hamda yoshlar jamoasi nazorat uchrashuvlari o'tkazishadi.
"Temiryo'lchilar" asosiy tarkibi Dukentda, soat 17:00da "Lokomotiv" BFK jamoasiga qarshi maydonga tushsa, yoshlar jamoasi esa "Olmaliq"qa qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Yoshlar jamoasi o'yini soat 15:00da boshlanadi.