

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi. Qur'ada OFKga a'zo 42 mamlakat terma jamoasi ishtirok etib, 2016 yili Ummonda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati natijalariga muvofiq guruhlarga ajratiladi.
2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.
Ushbu musobaqada Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etadi.



