Bugun U-23 Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2017, 09:05
Bugun 2018 yilgi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlanadi. Qur'ada OFKga a'zo 42 mamlakat terma jamoasi ishtirok etib, 2016 yili Ummonda bo'lib o'tgan U-23 Osiyo chempionati natijalariga muvofiq guruhlarga ajratiladi.  

2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o'tkaziladi.

Ushbu musobaqada Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia