Bugun terma jamoamiz keyingi bosqich masalasini hal qilishi mumkin

Khoja
26 mar 2024, 07:22
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qo'shma saralash bosqichi doirasida Toshkentda Gongkong terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.

Uchrashuv 19:30 da Bunyodkor stadionida start oladi. Mazkur uchrashuvda iordaniyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmed Faisal Al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Obeydat Ayman va Muhsen Ahmad yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Arahaf Muhammad ishlaydi.

Ushbu uchrashuvdagi g'alaba terma jamoamizga muddatdan avval keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia