Bugun "So'g'diyona" va "Metallurg" qaysi liboslarda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2018, 15:21
Xabaringiz bor, bugun "So'g'diyona" o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qiladi.

Ushbu bahs oldidan o'yin komissari Laziz Qo'chqorov boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Unda bugungi o'yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va o'yinda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko'ra "So'g'diyona" oq-qora, "Metallurg" esa to'q ko'k libosda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, bahs bugun soat 20:00da "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi.



"So'g'diyona" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати