Bugun RPL doirasida bo'ladigan o'yin 19 iyulga ko'chirildi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 15:29
Rossiya Premer-ligasi 23-turi doirasidagi "Krasnodar" - "Dinamo" uchrashuvi 19 iyul kuniga ko'chirildi.

Bunga Moskva klubi futbolchilarida paydo bo'lgan koronavirus sabab bo'ldi. Ayni damda "Dinamo"ning barcha futbolchilari karantinga olingan.

22 turdan keyin "Krasnodar" Rossiya chempionati turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Dinamo" 7-pog'onani egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "Rostov"da shunday muammo yuzaga kelganida "Sochi" klubi o'yinning ko'chirilishiga qarshi chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Спорт Инсайд