

Germaniya bundesligasida mavsumning eng so'nggi tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Reglamentga binoan oxirgi tur o'yinlari bir vaqtda start oladi. Ushbu sahifadagi barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan taqdim etilgan.

Germaniya bilan birga Fransiyada ham mavsum aynan bugun o'z yakuniga etadi. Bahslar tunda boshlanadi.
Fransiya chempionati. Musobaqa jadvali

Italiya A seriyasida 37-turdan o'rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bugun o'tkaziladi. "Napoli" - "Fiorentina" uchrashuvi ko'pchilik uchun qiziq bo'lishi aniq.
Italiya A seriyasi. Musobaqa jadvali

Ispaniya chempionatining so'nggi tur o'yinlari ikki kunda o'tkaziladi. Bugun o'yinlarning to'rttasi bo'lib o'tadi. Qolgan bahslar esa ertaga tashkil etiladi.
Ispaniya chempionati. Musobaqa jadvali

Bugun Janubiy Koreyada U-20 Jahon chempionati bahslariga start beriladi. Mundialning dastlabki to'rtta uchrashuvi anonsi bilan tanishing.

O'zbekistonlik legionerlarning o'yinlariga e'tibor qaratamiz.
Dastlab Yaponiyada Fozil Musaev o'ynayotgan "Jubilo Ivata" klubi o'z uyida "Kashiva Reysol"ni qabul qiladi.
Yaponiya. Musobaqa jadvali

Xitoyda Odil Ahmedov o'ynayotgan "Shanxay SIPG" klubi "Shanxay Shenxua"ga qarshi maydonga tushadi.
Xitoy. Musobaqa jadvali

Qozog'istonda Aleksandr Geynrix faoliyat olib borayotgan "Ordabasi" klubi o'z uyida "Aktobe"ni qabul qiladi. Shavkat Salomov o'ynayotgan "Atirau" esa "Irtish" mehmoni bo'ladi.
Qozog'iston. Musobaqa jadvali




