Bugun O'zbekiston U17 - Eron U17 uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
20 avg 2013, 08:38
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi 18 avgustda Toshkentda Eron o'smirlariga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgandi.
Dastlabki o'yinda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi raqibni 2:0 hisobida taslim qilgandi. Bu jamoalar jami 3ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishlari oldindan kelishib olingandi. Mana shu o'yilarning ikkinchisi bugun, 20 avgust kuni "JAR" stadionida bo'lib o'tadi. 

O'smirlar o'rtasidagi JCH-2013ga yo'l olgan ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Bu jamoalar 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichida ishtirok etishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia