Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi final yo'llanmasi uchun maydonga tushadi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyun 2022, 07:10
Bugun yurtimiz mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogida yarim final uchrashuvlari boshlanadi.

Dastlabki yarim final Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasida soat 18:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 

Ikkinchi yarim finalda esa O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan bahs olib boradi. Uchrashuv soat 21:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi. O'FA xabariga ko'ra, terma jamoamiz bugun to'liq oq rangli liboslarda, darvozabonimiz esa qora formada harakat qiladi.  

Terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinga AFC qaroriga ko'ra, muxlislar kiritilmaydi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia