Bugun O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkib bilan mashg'ulot o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2015, 10:47
5 noyabr kuni Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi KXDR va Yamanga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshlagan edi.

To'rt kun davomida terma jamoa a'zolari mashg'ulotlar o'tkazishdi. Shanba kuni futbolchilar ikkiga bo'linib nazorat o'yinini o'tkazishdi. Unda "ko'klar" Anzur Ismoilov va Server Jeparovning gollari evaziga g'olib bo'lishdi. "Sariqlar" safida Doston Hamdamov yagona javob to'pini kiritdi - 2:1. Bugun Odil Ahmedov, Sanjar Tursunov, Aleksandr Geynrix va Vitaliy Denisov Toshkentga yetib kelishadi. Terma jamoamiz bugun to'liq tarkib bilan mashg'ulot o'tkazadi.

Ushbu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov, Murod Zuhurov, Ignatiy Nesterov  

Himoyachilar: Davron Hoshimov, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Kamoliddin Tojiev, Vitaliy Denisov, Bobur Yo'ldoshev.

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Sanjar Tursunov, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov, Jasur Hasanov, Sanjar Shoahmedov, Doston Hamdamov, Odil Hamrobekov.

Hujumchilar: Marat Bikmaev, Igor Sergeev, Eldor Shomurodov, Aleksandr Geynrix, Ilhom Shomurodov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia