

Bugun mahalliy vaqt bilan 19:15da (Toshkentda 21:15 bo'ladi) O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulot "Qatar SK" stadionida bo'lib o'tadi va 1 soat davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. Bahs "Suhayim bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi.



