Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'in boshlaydi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2019
Bugun, 2 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari “D” guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar oldidan Toshkent shahrida yig'inga kirishadi.

Dastlabki kungi mashg'ulot soat 17:00da “Jar” stadionida boshlanadi. Mashg'ulotning dastlabki 20 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.


Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" stadioni Yaman terma jamoasini qabul qiladi. Bu o'yin soat 17:00da boshlanadi.

Ushbu yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Abdumavlon Abdujalilov (“Bunyodkor”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Gvangju”, Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Dilshodbek Ahmadaliev (“Bunyodkor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Akbar Ismatullaev ("Metallurg").

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA), Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Jamshid Iskanderov ("Lokomotiv"), Jasur Yaxshiboev (AGMK).

Hujumchilar: Eldor Shomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia