

Jamoamiz yana bir bor Turkiya U-17 jamoasini mehmon qiladi. Uchrashuv 17:00 da "Jar" stadionida start oladi.
Eslatib o'tamiz, jamoalarning 11-oktyabr kuni bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. O'shanda jamoamiz 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgan vaqtida, ikkinchi bo'limda kichik kambekni amalga oshirgandi.



