Bugun Neymar bo'yicha rasmiy ma'lumot e'lon qilinishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
8 may 2021, 08:18
Hujumchi Neymar PSJda o'ynashda davom etadi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi klub bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirish bo'yicha kelishib olgan. 

Shartnoma imzolash va rasmiy e'lon bugun bo'lishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yili "Barselona"dan PSJga 222 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe