Bugun "Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri" boshlanadi: O'zbekiston BAA bilan o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023, 09:02
Bugun, 11 avgust kuni poytaxtimizda futbol arbobi Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro xotira turniri start oladi.

Musobaqa 15 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida tashkil etiladi.

Soat 18:30 da "Bunyodkor" stadionida musobaqaning ochilish marosimi o'tkaziladi. 19:00dan boshlab esa O'zbekiston va BAA U-15 terma jamoalari o'rtasidagi o'yin start oladi.

O'yinlarga kirish bepul. 

“Mirabror Usmanov Memorial Cup-2023”

11 avgust. "Bunyodkor" stadioni

18:30 - ochilish marosimi

19:00 - O'zbekiston U-15 - BAA U-15

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ufa.uz