Bugun milliy va olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi bahs

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2015, 12:03
Bugun O'zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Viktor Jalilov qo'l ostidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

O'yin soat 19:00da boshlanadi. Uchrashuvga kirish bepul. Barcha muxlislarni "Paxtakor" stadioniga taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia