Bugun Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar jamoasi JCH-2026 saralash uchrashuvida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2024, 11:37
Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.

Xabaringiz bor, 2026 yilda Shimoliy Amerikada o'tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo'yicha Jahon chempionati uchun Osiyo qitasi saralash uchrashuvlari o'tgan yilning oktabr oyida boshlangan va saralashning dastlabki bosqichida hakamlarimiz 3 ta uchrashuvni boshqargan edi.

Saralashning ikkinchi bosqichidan o'rin olgan Xitoy – Tailand uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko'zda tutilgan. Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Qirg'iz Respublikasi – Malayziya bahsiga yana bir vakilimiz – Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.



Quyida ular boshqaradigan uchrashuv ma'lumotlari bilan tanishing:

JCH-2026 saralashi, 2-bosqich | Osiyo mintaqasi, "C" guruhi

Xitoy – Tailand 

6.06.2024 | 20:00

Hakamlar:

Ilgiz Tantashev

Andrey Sapenko

Timur Gaynullin

Asker Najafaliev


Osiyo mintaqasi, "D" guruhi

Qirg'iz Respublikasi – Malayziya

6.06.2024 | 21:00

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази