Bugun Koreyada Aliboev - Ashurmatov to'qnashuvi bo'ladi, Iskanderov jamoasi "Inchon" bilan o'ynaydi

Mirjalol Normatov
17 may 2020
Bugun Janubiy Koreya K-ligasida 2-tur o'yinlari davom ettiriladi.

Soat 12:30dan e'tiboran turning markaziy uchrashuvi boshlanadi. Unda "Suvon Samsung" o'z maydonida "Ulsan Xyonde" bilan hisob kitob qiladi.

Soat 15:00dan boshlab o'zbekistonlik Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" jamoasi o'z maydonida Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Kvanju"ga qarshi bahs olib boradi. Ilk turda seulliklar "Kangvon" jamoasiga 1:3 hisobida yutqazib qo'yishgandi. "Kvanju" esa o'z uyida "Seongnam"ga yutqazib qo'ygandi - 0:2.

Shuningdek, "Inchon Yunayted" jamoasi Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva" maydoniga safar uyushtiradi.

Janubiy Koreya K-ligasi turnir jadvali


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia