Bugun FINAL!

Narzulla Saydullayev
20 dek 2020, 07:00
Bugun 2020 yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yinida AGMK va “Paxtakor” o'zaro g'oliblik uchun bahs olib boradi. Uchrashuv soat 15:00da Namangandagi "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Kecha ikkala jamoa vakillari o'yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Finaldan oldingi matbuot anjumani. Mirjalol Qosimov: "AGMK finalga o'z mehnati bilan chiqdi. Bitta o'yinda barcha narsa bo'lishi mumkin"         

Finaldan oldingi matbuot anjumani. Shota Arveladze: "AGMK finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa"        



Bundan tashqari ikkala jamoa a'zolari final bo'lib o'tadigan stadionda rasmiy mashg'ulot o'tkazishdi.

Foto. AGMK Qosimov boshchiligida finaldan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi

Foto. "Paxtakor" Arveladze boshchiligida finaldan oldin rasmiy mashg'ulot o'tkazdi




Bugungi uchrashuvni Zokir Qodirov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ruslan Serazitdinov va Ruslan Samandarov yordamlashadi,

Ta'kidlab o'tamiz, O'zbekiston Coca Cola kubogi-2020 final uchrashuvida o'zbek futboli tarixida ilk bor VAR tizimidan foydalaniladi.

O'zbekiston Coca Cola kubogi. Final
20 dekabr, yakshanba
AGMK – PAXTAKOR
Bosh hakam
: Zokir Qodirov
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov
Zaxira hakami: Shavkat Nasibullaev
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR Yordamchi hakami: Timur Gaynulin
VAR Nazoratchisi: Farhod Abdullaev



O'zbekiston Kubogi finali oldidan qiziqarli faktlar         

O'zbekiston kubogi finallaridan super statistika. Soliev to'purar, Cheran va To'raev yagona, Nesterov rekordchi         

O'zbekiston kubogi. Final. Tarix takrorlanishiga "Paxtakor" yo'l qo'yib beradimi?        

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia