Bugun FIFA Series musobaqasi boshlanadi: O'zbekiston Gabonga qarshi o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026, 07:45
Bugun, 27 mart kuni Fabio Kannavaro qo'l ostidagi O'zbekiston MTJ FIFA Series doirasida Gabon bilan to'qnash keladi.

O'zbekiston ishtirokidagi bellashuv “Bunyodkor” stadionida 19:00 da boshlanadi. Venesuelaning Trinidad va Tobagoga qarshi o'yini esa “Paxtakor” stadionida 15:00 da start olishi rejalashtirilgan.

FIFA Series taqvimi

Venesuela – Trinidad va Tobago

27 mart | 15:00

“Paxtakor” stadioni

O'zbekiston – Gabon

27 mart | 19:00

“Bunyodkor” stadioni

matchday.png

Gabon – Trinidad va Tobago

30 mart | 15:00

“Paxtakor” stadioni

O'zbekiston – Venesuela

30 mart | 19:00

“Bunyodkor” stadioni


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia