Bugun Eronda Masharipov - O'runov to'qnashuvi bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
13 mar 2024
Bugun Eron chempionatida 20-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Turning markaziy uchrashuvida o'zbek futbolchilari to'qnashuvi guvohi bo'lamiz. Unda turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o'rinda borayotgan "Istiqlol" hamda "Persepolis" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.

Eron chempionati, 20-tur

13.03.2024, 21:30

"Istiqlol" - "Persepolis"

Ayni paytda chempionatda "Istiqlol" 42 ochko bilan birinchi o'rinda, "Persepolis" esa 39 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda. Aynan shu ikki jamoa chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Bugun Masharipov 6 ochko farq bilan qochib ketadimi yoki O'runov yetib oladimi tunda bilib olamiz.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia