Bugun Birinchi liga 21-tur uchrashuvlari boshlanadi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2022, 13:16
Bugun O'zbekiston Birinchi ligasida 21-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Turning uchta bellashuvi bugun bo'lib o'tsa, qolgan 4ta bahs ertaga o'tkaziladi.

Peshqadamni taqib qilib kelayotgan "Shahrixonchi" uyda Toshkentning "Do'stlik" klubini qabul qiladi. Samarqandda esa "Yunired" klubi "Andijon II" bilan bahslashadi. Oltiariqda vodiy derbisi bo'lib o'tadi.

Unda "Do'stlik-Oltiariq" klubi "Paxtakor-79" bilan o'zaro hisob-kitob qiladi. E'tiborlisi shundaki, uychilik futbolchilar Pro ligaga chiqish uchun kurashmoqda.

Birinchi liga, 21-tur
16:00. "Shahrixonchi" - "Do'stlik-Oltiariq"
16:00. "Yunired" - "Andijon II"
16:00. "Do'stlik-Oltiariq" - "Paxtakor-79"


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia