Bugun. "Paxtakor" - "Rostov"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2020, 11:09
BAAning Abu-Dabi shahrida qishki yig'inni o'tkazayotgan "Paxtakor" bugun nazorat uchrashuvi o'tkazadi.

"Sherlar"ning bugungi uchrashuvdagi raqibi - hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi. "Paxtakor" matbuot xizmati e'lon qilgan ma'lumotga ko'ra, ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanishi rejalashtirilgan.


"Paxtakor"ning keyingi nazorat uchrashuvlari 24 yanvarda Slovakiyaning "Jilina" va 29 yanvar sanasida Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" jamoalariga qarshi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia