

O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning ikkinchi turini bugun, 4 oktyabr kuni Shri-Lanka U-19 yoshlariga qarshi o'tkazadi. Jasur Abduraimov shogirdlari 1-turda Butanni 7:0 hisobida taslim qilishgandi. Shri-Lanka esa Bangladeshga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.
O'zbekiston U-19 terma jamoasining saralash bosqichidagi o'yinlari taqvimi:
2 oktyabr
14:00 - O'zbekiston U-19 – Butan U-19 - 7:0
4 oktyabr
14:00 - Shri-Lanka U-19 – O'zbekiston U-19
6 oktyabr
17:00 - O'zbekiston U-19 – Bangladesh U-19
Takidlash joiz, saralash guruhi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri kelasi yili Bahraynda bo'lib o'tadigan U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. Shuningdek, saralashning 10ta guruhi g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 5ta ikkinchi o'rin sohiblari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.



