

O'smirlarimiz dastlabki turda Nepal bilan durang (1:1) o'ynashgandi. Ikkinchi turda KXDR ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonildi. Quvayt ikki o'yinda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va guruhdan chiqish imkoniyatini qo'yotdi.
Aleksandr Mochinov boshchiligidagi o'smirlarimiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da Quvaytga qarshi maydonga tushishadi.
Guruhdagi ikkinchi o'yin ham soat 14:00da boshlanadi. Unda KXDR va Nepal o'zaro kuch sinashishadi.
O'zbekiston - Quvayt uchrashuvi SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. Saytimiz orqali matnli translyatsiya ham olib boriladi.
Cguruhi
| Jamoa | O' | YU | D | M | TN | O |
| O'zbekiston | 2 | 1 | 1 | 0 | 4-3 | 4 |
| Nepal | 2 | 1 | 1 | 0 | 3-2 | 4 |
| KXDR | 2 | 1 | 0 | 1 | 5-3 | 3 |
| Kuvayt | 2 | 0 | 0 | 2 | 1-3 | 0 |



