Buffon Italiya rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
21 may 2017, 21:21
Yuventus, Italiya A seriyasi 37-turida Krotoneni mag'lub etib (3:0) ketma-ket 6-bor chempionlikka erishdi.

Byankonerilar posboni Janluiji Buffon faoliyatida 8-marta Italiya chempioni bo'ldi. Bu boradagi rekordchilar Jovanni Ferrari va Juzeppe Furino hisobidagi ham sakkiztadan chempionlik bor.

Buffon Yuve safida 2004/05 va 2005/06 yillarda ham chempionlikka erishgan. Biroq bu ikki sovrin kalchopoli tufayli Turin klubidan rasman olib qo'yilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive