Buffon: G'alaba qozonamiz deb o'ylagandim va bunga so'nggi soniyalarga qadar ishongandim

7 iyun 2015, 03:27
Yuventus darvozaboni Janluiji Buffon YCHL finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Men katta g'alabalar va mag'lubiyatlarni qabul qilishni yaxshi bilaman. Sportda bunaqangi holatlar ko'p uchrab turadi. Bu yilgi YCHL mavsumida biz muxlislarimizni ko'p marotaba xushnud etdik deb o'ylayman. Eng asosiy maqsadimizga erisha olmaganimizdan ranjidim albatta. Men so'nggi soniyalarga qadar g'alabaga ishongandim.


Manba: sports.ru