Buffon YCHLdagi favoritlar nomini aytdi

Mirjalol Normatov
28 noya 2018, 20:11
PSJ darvozaboni Janluijji Buffon YCHLdagi favorit jamoalar haqida fikr bildirdi.

"Bu mavsumda "Barselona", "Yuventus" va "Manchester Siti"ni YCHLni yutish uchun asosiy da'vogar sifatida ko'ryapman. Shuningdek, "Liverpul"da ham yaxshi imkoniyat bor. "Real"ni yoddan chiqarish mumkin emas.

Shak-shubhasiz hali ham ushbu sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilaman. O'tgan mavsumda bu borada yaxshi imkoniyat bor edi. Hozir menda yana bir imkon bor", - dedi Buffon.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror