Bu qiziq. Serbiya va Daniya ertaga Yangi Zelandiyaga muxlislik qiladi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2017, 16:53
Ertaga Toshkent vaqti bilan soat 07:15da Peru va Yangi Zelandiya o'rtasidagi JCH-2018 saralash bahsi start oladi.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda 0:0 hisobi qayd etilgandi. Ertangi bahsda g'olib bo'lgan jamoa Rossiyadagi mundialga boradi.

Agar Peru pley-offda g'olib bo'lsa ikkinchi savatchadan o'rin oladi. Agar Yangi Zelandiya mundialga chiqsa qur'a jarayonida to'rtinchi savatchada bo'ladi.

Qizig'i ertangi bahsda Serbiya va Daniya terma jamoalari Yangi Zelandiyaning g'alabasini kutishadi. sababi Peru mundialga chiqsa Serbiya to'rt, Daniya uchinchi savatchada bo'ladi. Agar Yangi Zelandiya JCHga chiqsa Serbiya uch, Daniya ikkinchi savatchadan joy oladi.

Agar Peru Jahon chempionatiga chiqsa:

Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Peru, Shveytsariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya
Uchinchi savatcha: Daniya, Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron
To'rtinchi savatcha: Serbiya, Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni

Agar Yangi Zelandiya Jahon chempionatiga chiqsa:

Birinchi savatcha: Rossiya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya, Polsha, Fransiya
Ikkinchi savatcha: Ispaniya, Shveytsariya, Angliya, Kolumbiya, Meksika, Urugvay, Xorvatiya, Daniya
Uchinchi savatcha: Islandiya, Kosta-Rika, Shvetsiya, Tunis, Misr, Senegal, Eron, Serbiya
To'rtinchi savatcha: Nigeriya, Avstraliya, Yaponiya, Marokash, Panama, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Yangi Zelandiya.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia