Bu qiziq. O'z uyida yutqazmagan "Loko", safarda umuman yuta olmagan "Buxoro"ni qabul qiladi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2015, 13:36
Bugun oliy liganing 26-tur o'yinlari boshlanadi.

Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida "Lokomotiv" va "Buxoro" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Qizig'i bu mavsumda "Loko" o'z maydonida o'tkazgan o'yinlarda umuman mag'lub bo'lmagan: 10ta g'alaba, 2ta durang. "Buxoro" esa safardagi o'yinlarda g'olib bo'lmagan yagona klub bo'lib turibdi: 3ta durang, 9ta mag'lubiyat.

Demak, o'z maydonida yutqazmagan "temiryo'lchilar" safarda 3 ochkoni qo'lga kiritmagan "Buxoro"ni qabul qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia