"Bu nafaqat men, balki Kapadze uchun ham kutilmagan yangilik bo'ldi"

Xayrulla Xoliqov
16 fev 2018, 17:14
O'zbekiston terma jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi etib tayinlangan Timur Kapadzening eng yaqin do'sti, sobiq jamoadoshi Server Jeparov o'rtog'i mas'uliyatli ishni eplay olishiga ko'zi yetishini ta'kidladi.

- "Bu nafaqat men, balki Kapadze uchun ham kutilmagan yangilik bo'ldi. Bu borada mening fikrim shunday: Timurni ko'p yillar davomida bilaman va yaxshi futbolchi hamda tarbiyali inson sifatida ayta olamanki, u o'ziga berilgan ishni uddalay oladi. Buning uchun unda hamma imkoniyat bor. Yangilikni eshitgan zahoti uni tabriklab qo'ydim va omad tiladim", - deydi Server Jeparov.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia