

Superliganing 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Qizilqum" jamoasiga qarshi bahsda 19 yoshli iqtidor egasi Samarqandning "Dinamo" klubi safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
E'tiborli jihati shundaki, Server Jeparov o'z vaqtida farzandiga ism tanlashda ispaniyalik mashhur futbol afsonasiga havas qilgan va o'g'liga Raul deb ism qo'ygan edi. Endilikda futbolchilar sulolasining davomchisi ham otasi izidan borib, katta futboldagi o'z yo'lini boshlamoqda.



