Bu hikoya hali tugamadi (fotomaqola)

O'zbekiston mezbonlik qilgan katta turnir ortda qoldi.

Quyida Timur Kapadze boshchiligidagi yigitlarimizning musobaqadagi ishtirokiga nazar solamiz.

   Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov, Jahongir Fayzullaev

Olimpiyachilarimizning yakuniy tarkibi 28 may oqshomida e'lon qilindi. "Nijniy Novgorod" himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshev kichik jarohati tufayli turnirni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Osiyo Kubogining ochilish marosimi "Paxtakor" stadionida o'tkazildi.

Birinchi o'yinda Turkmaniston mag'lub qilindi.

Uchrashuv taqdirini "Neftchi" hujumchisi Ulug'bek Hoshimovning yagona goli hal qildi.

Yigitlarimiz 2-turda dastlabkisidan farqli ravishda gollar shousini uyushtirishdi.

Qatar darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgan "oq bo'rilar" barchani jim bo'lishga majbur qilishdi.

O'zbekiston 2-turdayoq guruhda birinchi o'rinni naqd qildi.

Gollar bu marhum olimpiyachimiz Diyor Rahimqulovning xotirasiga bag'ishlandi.

3-tur Qarshida o'tdi. 

Mazkur bahsda kuch tejagan jamoamiz durang bilan kifoyalandi.

Bizni engolmagan forslar esa guruhda qolib ketdi.

Pley-offda bizni iroqliklar kutib turardi.

Chorak finaldan oldin Ibrohim Ibragimov ("Metallurg") safdan chiqqan bo'lsa...

... uchrashuv avvalidagi qo'pollik uchun Abduvohid Ne'matov ("Nasaf") ham turnir oxiriga qadar chetlatildi.

Shu kuni barchasi raqib foydasiga ishlayotgan edi. Biroq, bizning qorako'zlar iroda ko'rsatishdi.

Bir kishi kam bo'lib qolgan O'zbekiston Iroqni penaltilar seriyasida mag'lub qildi.

Jamoamiz yarim finalga muxlislarsiz yo'l oldi. OFK "Paxtakor"da "toshbo'ron" namoyish qilgan ishqibozlarni bir o'yinga chetlatdi.

Lekin chinakam ishqibozlar jamoamizni Yaponiya bilan o'yin chog'ida ham yolg'izlatib qo'yishmadi. "Bunyodkor" stadioni avtoturargohida o'rnatilgan monitor qarshisida 20 mingga yaqin muxlis to'plandi

Uchrashuv ham O'zbekiston foydasiga hal bo'ldi.

Jaloliddinov bilan Norchaevning gollari bizni finalga olib chiqdi.

Turnirning so'nggi bahsiga ham "Bunyodkor" mezbonlik qildi.

Afsuski, saudiyaliklarning tarkibi bizdan kattaroq, bizdan tajribaliroq va kuchliroq edi. Kubokka yaqin keldik, ammo zafar yana ularning tomonida bo'ldi.

Finalda yutqazib qo'ygan jamoani minglab muxlislar tik turgancha olqishlashdi. Chunki ular bilishadi. Bu hali boshlanishi. Bu murabbiy, bu futbolchilar o'zbek futboliga hali kattaroq sovrinlarni yutib berishadi. Millionlab yurtdoshlarimizni shunga ishontira olgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Olimpik" klubi tarkibidagi barchaga tashakkur aytamiz.

Jasur Jaloliddinov mag'lubiyatdan keyin o'zbekligi bilan faxrlanishini aytib, katta g'alabalarga vada berdi. Bugun bir narsa ma'lum bo'ldi. Xalq ham sizlar bilan faxrlanadi...

Hali hammasi oldinda. Bu hikoyaning davomi, albatta, bo'ladi. Hozircha Kapadze va uning shogirdlariga rahmat aytish bilan cheklanamiz...

muallifning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling → "Futbol analizi"


Manba: championat.asia