Bu daxshat! "Beneveto" darvozaboni 90+5-daqiqada gol urib jamoasiga tarixiy natija keltirdi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2017, 19:06
Italiya A seriyasining 15-turida "Benevento" klubi o'z uyida "Milan"ni qabul qildi.

Bu uchrashuvga qadar "Benevento" 14ta turda 14 marta mag'lub bo'lgandi. Bugungi bahsda ham jamoa mag'lubiyatga yaqin edi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan 5-daqiqada darvozabon Alberto Brinoli boshi bilan gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi va shu tariqa "Benevento" o'z tarixida ilk bor Italiya A seriyasida ochko oldi. 



TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia