"Bryugge" bosh murabbiyi: "Yevropa ligasi MYU uchun kerakli turnir"

Mirjalol Normatov
16 dek 2019
"Bryugge" bosh murabbiyi Filipp Klement Yevropa ligasi 1/16 finaliga qur'a tashlash marosimidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Belgiya jamoasi ushbu bosqichda "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs olib boradi.

"Yevropa ligasi "Manchester Yunayted" uchun muhim turnirlardan biri hisoblanadi. Shu boisdan ular bizga qarshi o'yinlarda bor kuchi bilan o'ynaydi. Biroq biz ham o'z futbolimizni namoyish qilib, bor kuchimizni maydonga tashlaymiz.

Ushbu o'yinlarni intiqlik bilan kutyapman. O'sha kuni stadion ham anshlag bo'ladi. Bu esa biz uchun yangi chaqiruvdir. Umid qilamanki, yakunda bizning jamoa g'oliblikni nishonlaydi", - dedi Klement.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal