Brunu Fernandesh - Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi

Mirjalol Normatov
19 fev 2021, 23:36
UEFA rasmiy saytida Yevropa ligasi 1/16 final bosqichining dastlabki o'yinlari eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Unga ko'ra, birinchi o'rinni "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh egalladi. 26 yoshli portugaliyalik futbolchi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

U bu etirof uchun kurashda Bruno Petkovich ("Dinamo" Zagreb), Garet Beyl ("Tottenxem") va Munas Dabbur ("Xoffenxaym") kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com