Brunu Fernandesh “Brayton”ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi

Alisher
25 apr 2023, 09:18
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya kubogi yarim finalida “Brayton”ga qarshi o'yinda to'pig'idan jarohat oldi.

Fernandesh yakshanba kuni bo'lib o'tgan “Uembli”dagi uchrashuvning qo'shimcha bo'limida almashtirilgandi. “Yunayted” o'z vice-sardorining ahvoli haqida izoh bermadi, ammo Brunu Fernandeshning rafiqasi “Instagram” sahifasida futbolchi tayoqchada va o'ng oyog'ida maxsus himoya oyoq kiyim bilan harakat qilayotgani ma'lum qilgan. 

28 yoshli futbolchi “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com