Brunu Fernandesh boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
2 iyun 2024
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Myunxen klubi rahbariyati 29 yoshli portugaliyalikning agenti bilan bog'landi. Shuningdek, "Barselona" ham yarim himoyachiga befarq emas. Hozircha o'yinchining vakillari bilan aloqa o'rnatilmagan, ammo Kataloniya klubi tez orada muzokaralarni boshlashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Brunu Fernandesh 2020 yildan beri "Manchester Yunayted"da o'ynaydi. Futbolchi bu vaqt davomida barcha musobaqalarda 230ta o'yinda maydonga tushib, 79ta gol va 64ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: O Jogo