Brunu Fernandesh APLdagi debyut golini urdi

23 fev 2020, 22:36
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Uotford"ga (3:0) qarshi bahsda penaltini golga aylantirdi.

Mazkur gol futbolchi uchun MYU safidagi birinchisi hisoblanadi. Portugaliyalik yarim himoyachi "qizil iblislar" safidagi debyut golini penaltidan urgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Fernandesh MYU safiga yanvar oyi oxirida Lissabonning "Sporting" klubi safidan kelib qo'shilgandi. U Manchester klubi uchun 67,7 million funtga (bonuslar bilan) tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports