

Braziliyalik yarimhimoyachi butun mavsum davomida "hakkalar" uchun ajoyib o'yin ko'rsatdi va "Nyukasl" Liga Kubogi finalida "Manchester Yunayted"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan o'yinda ham yomon o'ynamadi.
"Qirollik klubi" 25 yoshli futbolchi uchun qiziqayotgan klublar qatorida ekani ma'lum qilindi. Shuningdek, xabarda Yevropaning bir qator top-klublari APL vakili yulduzi uchun kurashayotgani ochiqlandi.
La Liga yaqinlashayotgan yozgi transferlar oynasida jamoaning yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga bor e'tiborini qaratadi. Mavsum oxirida Luka Modrichning amaldagi shartnomasi yakun topadi.
"Borussiya" Dortmund yulduzi Jud Bellingem ham asosiy nishonlardan biri hisoblansa-da, ingliz futbolchisiga klub tomonidan belgilangan 150 mln evrolik narx Madrid klubini boshqa o'yinchilarga e'tibor qaratishga undaydi.
"Nyukasl" bilan 2026 yilgacha bitimga ega bo'lgan Gimaraynsh Premer-ligada 3 ta gol va 3 ta assist natijasini qayd etdi.



