Brozovich Ronaldu jamoadoshiga aylanishi mumkin

Alisher
20 iyun 2023
“Al Nassr” “Inter” futbolchisi Marselo Brozovichni sotib olmoqchi.

Saudiyaliklar Milan klubiga futbolchi uchun 15 million evro to'lashga tayyor. Biroq “Inter” xorvatiyalik futbolchisini 20-25 million evroga sotishni reja qilgan.

Brozovich o'tgan mavsumda A Seriyada 28 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Uning hisobida 3 ta gol va 5 ta golli uzatma bor. U “Inter” safida 2015 yildan beri harakat qilib keladi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com