"Brentford" 22 mln evrolik transferni amalga oshirdi

Alisher
9 iyul 2022
"Brentford" "Bolonya"dan yosh himoyachi Aaron Xikini xarid qildi.

Angliya klubi Shotlandiya terma jamoasi chap qanot himoyachisi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Brentford" 20 yoshli o'yinchi uchun bonuslar bilan 22 mln evro to'ladi.

Xiki Shotlandiya terma jamoasida Ukraina (1:3)ga qarshi JCH-2022 saralashida debyut qilgan edi. Uning hisobida milliy jamoada 4ta o'yin bor.

Aaron o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: brentfordfc.com