Brendan Rojers: “Men Suaresning o'yiniga shubha qilmayman”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 15:56
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers, jamoa hujumchisi Luis Suares diskvalifikaciyadan qaytganidan so'ng, o'yinchidan nimalar kutayotganligi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Suares qaytganidan so'ng, shubhasiz o'yinga kirishib ketadi deb o'ylaymiz. Albatta, o'tish davrida sal qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin, biroq men uning qaytayotganidan xursandman.

U qattiq shug'ullanayapti, bundan tashqari Suares terma jamoa safida ham o'ynadi. Shuning uchun uning o'yiniga shubha qilmayman”, - deya ta'kidladi Rojers.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru