Brendan Rojers: “Shubhasiz, Shmeyxel Alisson va Ederson bilan bir xil darajada“

Alisher
23 noya 2019, 14:11
Lester bosh murabbiyi Brendan Rojers “tulkilar“ darvozaboni Kasper Shmeyxelni Alisson va Ederson bilan taqqosladi.

Eslatib o'tamiz, Alisson “Liverpul“ darvozasini qo'riqlasa, Ederson “Manchester Siti“ning asosiy darvozaboni hisoblanadi.

“Kasper shubhasiz, Alisson va Ederson bilan bir xil darajada. U Angliyadagi eng yaxshi darvozabonlardan biri. Umid qilamanki, siz uning barcha kuchli fazilatlarini ko'rgansiz. Hamma uning otasi haqida gapiradi, lekin uning o'zi ham qiyin yo'lni bosib o'tgan. U ijaraga ketdi, Shotlandiyada o'ynadi. Siz Peter Shmeyxelning o'g'li sifatida o'zini ko'rsatish qanchalik qiyinligini bilmaysiz, ammo u buni umr bo'yi qilgan“ - deydi Rojers.

Kasper Shmeyxelning otasi Peter 90 yillarda “Manchester Yunayted“dagi o'yinlari orqali tanilgan.

Kichik Shmeyxel "Lester"da 2011 yildan beri to'p surmoqda. 2015/16 yilgi mavsumda u “tulkilar“ bilan Angliya chempionligini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail