Brendan Rojers: Koutinoni almashtirmoqchi bo'lib turgandim

Narzulla Saydullayev
10 avg 2015, 08:30
Liverpul ustozi Brendan Rojers Stok Siti ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) yagona golni urgan Koutinoni maqtadi.

Koutino APL yulduzi bo'la oladimi? Menimcha u allaqachon yulduz. U juda yoshligidan juda yaxshi o'ynab kelmoqda. 3 hafta oldin mashg'ulotlarni boshlagan futbolchi ajoyib gol urdi.

Goldan sal oldinroq men uni almashtirmoqchi bo'lgandim! Denni Ingzni Koutinoning o'rniga tushirmoqchi edim. Ammo goldan so'ng fikrimdan qaytdim, - deydi Rojers.
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru