Breaking: Shomurodov ertaga Rimga yetib borishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2021, 23:04
Xabaringiz bor, "Jenoa" hujumchisi "Roma"ga o'tmoqda.

"Ertaga ko'rishguncha, rimliklar!", – deb yozadi Eldor Shomurodov twitter'dagi sahifasida.

Avvalroq rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi aytilgandi hamda uning yillik maoshi ochiqlangandi.

Shomurodov 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan ma'lum miqdorda pul ishlab oladi. Rim klubi 26 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 2 million evro to'laydi.

Oldinroq Shomurdovning "Jenoa"dan ijaraga olinishi "Roma"ga 2,5 million evroga tushishi aytilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia