

Namanganning "Navbahor" klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan Sardor Rashidovni klubga olib kelishga yaqin turibdi. Murabbiy va futbolchi umumiy qiymati 300 ming dollarlik og'zaki kelishuvga erishishdi. Tez orada futbolchi "Navbahor" a'zosiga aylanishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha soatlar avval "Eshitdik-da!" rukni orqali futbolchi va klub o'rtasida muzokaralar ketayotgani haqida xabar bergandik.


