Braziyaliyaning "Portugeza" murabbiyi jamoa bilan ishlash uchun gipnozchi yolladi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2014, 09:38
"Portugeza" bosh murabbiyi Vagner Benacci jamoa natijalarini yaxshilash uchun noodatiy ishga qo'l urdi.
O'tgan mavsumda Braziliya oliy divizionini tark etgan "Portugeza" hozirda B seriyada 11 ochko yig'gan. Shu sababli jamoa murabbiyi gipnozchi Olimar Tessarning xizmatlaridan foydalanmoqchi.
"Yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy bermoqchi emasman va u o'yindan oldin futbolchilarim bilan shug'ullanishini xohlayman. Bunday qarorni klubda yuzaga kelgan vaziyat sabab qabul qildim" - deydi Benacci.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com