Braziliya termasi shifokori: "Neymar va Danilo davolanmoqda. Ular keyingi o'yinda o'ynamaydi"

Mirjalol Normatov
25 noya 2022, 20:58
Braziliya termasi shifokori futbolchilar Danilo va Neymarning holati haqida gapirdi.

Ikkala futbolchi ham JCH-2022ning 1-turi doirasida Serbiyaga qarshi o'yinda jarohatlangandi.

"Testlar Neymarning yon bog'lamlari va suyagida kichik jarohati borligini ko'rsatdi. Daniloning chap to'pig'ida muammolar bor.

Futbolchilar davolanishni davom ettirishyapti. Har kuni ularning holatiga baho berib borilmoqda. Ular navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. Hozirgi maqsadimiz ularni keyingi o'yinlarga tayyorlash", - dedi shifokor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia