Braziliya terma jamoasi Mourinyuni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi

Оқил Абдубарноев
23 dek 2022, 19:32
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyu yana bir terma jamoadan ish taklifi oldi.

Avvalroq Portugaliya o'z mamlakatidan bo'lgan mutaxassisga xotirjam tarzda jamoa postini topshirmoqchi bo'lgan bo'lsa, endi Yevropa terma jamoasiga raqobatchi paydo bo'ldi.

Manbaning xabariga ko'ra, "pentakampeonlar" ham Mourinyuni jamoaning yangi murabbiyi sifatida ko'rmoqchi va "Special one" uchun Portugaliya bilan kurashishga tayyor. Avvalroq "Roma" Jozega klub va terma jamoadagi faoliyatini birlashtirishga ruxsat bermagandi. Mourinyuning rimliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Repubblica